

Bugun "Olimpik" jamoasi pley-off o'yinida "Metallurg"ga mag'lub bo'lib Pro ligaga tushib ketganidan xabaringiz bor.
"Championat.asia" olgan ma'lumotga ko'ra, "Olimpik" darvozaboni Shukron Yo'ldoshevga Superligaga chiqqan "Mashal" hamda Superligadan Pro ligaga tushgan "Lokomotiv" jamoalari taklif bilan chiqishgan. Posbon "Temiryo'lchilar" bilan kelishuvga erishib bo'lgan. 22 yoshli posbon keyingi mavsumni Toshkent klubida o'tkazadi.




