

Ushbu anjuman mobaynida klubning yangi bosh murabbiyi - portugaliyalik Pedro Moreyra rasman tanishtirilishi kutilmoqda.
Narzulla Saydullaevning o'z kanalida xabar berishicha, murabbiy Toshkentga to'rt nafar yordamchisi bilan keladi. Unga shtabda Joze Borjes, Marko Leychi, Rikardo Vasonselos va Migel Soaresh yordam beradi.




