"Nasib qilsa, Paragvayni engamiz" - Ixtiyor Ropiev

Sherzod Nurmatov
15 sen 2024
Jahon chempionati ilk turidan o'rin olgan O'zbekiston – Niderlandiya (3:3) bellashuvidan so'ng milliy termaning tajribali futzalchisi Ixtiyor Ropievning fikrlari bilan qiziqdik.

- O'yin haqida

O'yin yaxshi bo'ldi, faqat ozgina omad kelmadi. O'z xatolarimiz evaziga gollar o'tkazib yubordik. Hechqisi yo'q, durang ham kerakli natija. 



- O'zbekiston termasining ko'plab zarbalari yo noaniq ketyapti, yo darvozabon turgan nuqtaga yo'naltirilmoqda...

- Sal tajriba yetishmadi deb o'ylayman. Keyingi uchrashuvlarda buni to'g'rilashga urinamiz.

- Jarohat olgan futzalchilarning yo'qligi qanchalik bilindi?

- Hammaning o'z o'rni bor edi. Ayniqsa, ularning tajribasi bizga qo'l kelardi. Xudo xohlasa, tarkibdagi yoshlar ularning o'rnini munosib ravishda to'ldiradi.



- Paragvay Kosta-Rikani 5:2 hisobida yutdi. Mutaxassislarga ko'ra, Paravay Niderlandiyadan kuchliroq. Bu borada qanday fikr bildirasiz?

- To'g'ri, Paragvay stabil va kuchli jamoa, lekin guruhimizdagi hamma jamoa bir xil darajada deb bilaman. Oldimizda bizda tayyorgarlik uchun 2 kun vaqt bor. Nasib qilsa, Paragvayni engamiz.

Eslatib o'tamiz, 2-tur doirasidagi O'zbekiston – Paragvay bahsi 17 sentyabr kuni 20:00 da start oladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia