

Futbolchi yaqin soatlar ichida "Al Oruba" bilan shartnoma imzolaydi. Saudiya Arabistoni klubi o'tgan mavsum ikkinchi ligada ishtirok etib, birinchi ligaga yo'llanmani qo'lga kiritgandi. Joriy mavsum 2-turdan keyin jamoa hali ochko jamg'argani yo'q.
38 yoshli Ramosning Yevropadagi oxirgi klubi "Sevilya" edi. Serxioning yana bir sobiq jamoasi PSJ yarim himoyachisi esa "Barselona"ga o'tishi mumkin.
Ma'lumot uchun, "Al Oruba" o'zbekistonlik futbol ishqibozlariga yaxshi tanish bo'lgan Rubin Xebayning sobiq klubi sanaladi.




