Futzal. Jahon chempionati oldidan O'zbekiston yana bir muhim o'yinchisidan ayrildi

Omonjon To`xtamirzayev
20 avg 2024, 12:45
Yaqindagina jarohatidan tuzalib, safga qaytgan sportichimiz yana jarohat oldi.

Yaqindagina jarohatidan tuzalib, safga qaytgan O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi darvozaboni Ravshan Eliboev Fransiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida jarohat oldi. 

Tekshiruv natijalari uning barmog'i singanini va bir qancha muddatga safdan chiqqanini ko'rsatdi. Afsuski, futzalchimiz yaqinlashib kelayotgan FIFA Futzal Jahon chempionatini o'tkazib yuborishi ma'lum bo'ldi.

Ravshanning tezroq sog'ayishini tilab, uni qo'llab-quvvatlashda davom etamiz.

 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: UFA