"Barselona" forvardi "Al Hilol" taklifini rad etdi

Omonjon To`xtamirzayev
15 avg 2024
Bu haqida Fabricio Romano xabar berdi.

"Barselona" hujumchisi Vitor Roke Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubiga o'tishni istamadi. 

Ma'lumotlarga ko'ra, "Al Hilol" rahbariyati Yevropada to'p tepayotgan ikki yosh hujumchi transferi bo'yicha ma'lumot so'ragan. Ulardan yana biri "Vest Xem"ning 20 yoshli kolumbiyalik forvardi Jon Duran.

"Barselona" saifda Roke 16 bor maydonga tushdi va 2 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Фабрицио Романо