"Bunyodkor" yaponiyalik futbolchini tarkibga qo'shib oldi

Sherzod Nurmatov
25 iyul 2024, 18:15
Bu haqda Championat.asia bosh muharriri Narzulla Saydullaev xabar berdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "qaldirg'ochlar" chap qanot himoyachisi Icuki Urata bilan shartnoma tuzgan.

Urata Yaponiya, Braziliya, Ukraina, Xorvatiya va Sloveniya klublarida o'ynagan. U harakat qilgan oxirgi jamoa Sloveniyaning "Maribor" jamoasi bo'lgan.

Transfermarkt portali 27 yoshli futbolchini 300 ming evroga baholagan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia