

Sautgeyt Evro-2024 finalida Ispaniyaga qarshi o'yindan ikki kun o'tgach, iste'foga chiqdi. "Uch sherlar" bosh murabbiylik lavozimini egallash uchun yaqin yillarda Angliya Premer-ligasida ishlagan murabbiylar - Grem Potter, Maurisio Pochettino va Yurgen Klopp favoritlar qatoridan o'rin olgan.
Shu jumladan, associaciya "Liverpul" sobiq bosh murabbiyining jalb etilishidan manfaatdor. Boshqa tomondan, inglizlar terma jamoani yana mahalliy mutaxassisga ishonib topshirishi mumkin.
Avvalroq germaniyalik mutaxassis Yurgen Klopp bir yil dam olishni istashini ma'lum qilgandi.



