

Urugvaylik futbolchi parijliklar safini tark etishga qaror qildi. Bunga jamoa ustozi Luis Enrike rejalarida Ugarteni ko'rmayotgani sabab bo'ldi, deb xabar beradi jurnalist Santi Auna.
23 yoshli tayanch yarim himoyachisi faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirish niyatida. Manchesterliklar Liga 1 klubi bilan muzokaralarni davom ettirishmoqda. Ma'lumotlarga qaraganda, muzokaralar ijobiy ruhda davom etmoqda – barchasi yaqin vaqtlar ichida hal bo'lishi kutilmoqda.
Qayd etish lozim, Manuel Ugarte PSJ safida o'tgan yilning iyul oyidan buyon to'p tepmoqda. O'shanda parijliklar futbolchini 60 mln evro evaziga sotib olgandi.
"Transfermarkt" portali xavbekning transferini 45 mln evroga baholamoqda.



