Musobaqaning eng zerikarli uchrshuvida Angliya Sloveniya bilan nursiz durang o'ynadi

Оқил Абдубарноев
26 iyun 2024
Yevropa chempionati "C" guruhi 3-turidan o'rin olgan Angliya - Sloveniya uchrashuvi yakunlandi.

Angliya - Sloveniya 0:0 LIVE

Angliya: Pikford, Uolker, Stounz, Gexi, Tripper, Rays, Bellingem, Foden, Gallaxer, Saka, Keyn.

Sloveniya: Oblak, Karnichnik, Drkushich, Biyol, Yanja, Stoyanovich, Cherin, Elshnik, Mlakar, Shporar, Sheshko.


YANGILASH



Uchrashuv yakunlandi

90. Palmerning zarbasini darvozabon ushlab oldi

77. Deklan Rays ham hakam tomonidan ogohlantirildi

76. Sheshkoning o'rniga Ilichich tushdi

75. Deklan Raysning zarbasiga aniqlik yetishmadi

72. Navbatdagi ogohlantirish: Yaka Biyol hakam tomonidan sariq kartochkaga loyiq ko'rildi

71. Nihoyat Palmer maydonga tushdi, u Sakani alishtirmoqda

69. Angliya va Sloveniya o'rtasidagi uchrashuv musobaqaning eng zerikarli uchrashuvlari orasida birinchi o'rini olishga asosiy davogar bo'lib turibdi. Har ikki jamoaga na gol, na g'alaba kerak emasdek, har ikkisi durangga rozidek o'yin ko'rsatmoqda

68. Ogohlantirish: Gexi qo'pol harakat qildi va haqli ravishda ogohlantirildi

63. Adam Gnezda-Cherinning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasi juda noaniq chiqdi

58. Nihoyat inglizlar xavfli hujum tashkil qilishdi, biroq Oblak boshchiligidagi slovanlar ham himoyada yaxshi harakat qilishdi.

50. Keynining uzatmasidan so'ng to'p raqib himoyachiga tegib, burchakka chiqib ketdi. Inglizlar ikkinchi bo'limdagi ikkinchi burchak zarbasiga ega bo'ldi

46. O'zgarish: Gallaxerning o'rniga Kobbi Meynu tushdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha inglizlar o'z uslubida juda o'lik o'yin ko'rsatishmoqda

40. Kiran Tripperning uzatasiga na Gallaxer, na Keyn yetib kela olmadi

35. Fodenning uzoqdan yo'llagan jarima zarbasini Oblak qiyinchilik bilan ushlab oldi

30 Keyn jarima maydonchasiga kirdi va zarba yo'lladi, biroq to'p himoyachiga tegmoqda

27. Foden yaxshi kirib bordi va to'pni Keynga uzatdi, biroq inglizlar sardori ushbu to'pga tayyor emas ekan

22. Ogohlantirish: Bu safar Sloveniyaning chap qanot himoyachisi Erik Yirka ogohlantirildi

20. Saka hisobni ochdi, biroq yon hakam o'yindan tashqari holat borligini ma'lum qildi.

17. Ogohlantirish: Kiran Tripper qo'pol harakati uchun ogohlantirildi

16. Qanotdan uzatilgan to'pga Andraj Shporar yetib kela olmadi, aks holda slovenlarda navbatdagi ajoyib imkoniyat paydo bo'lardi

10. Uchrashuvning dastlabki daqiqalarida sloveniyaliklar ustunlik qilishmoqda 

5. Uchrashuvdagi ilk zarbani Sloveniya terma jamoasi bermoqda. Sheshkoning boshi bilan yo'llagan aniq zarbasini darvozabon ushlab oldi

Uchrashuv boshlandi


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia