"Manchester Yunayted" "Real" futbolchisini sotib olmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
28 mar 2024
"Manchester Yunayted" Xoseluga qiziqish bildirmoqda.

Ingliz klubining ikki vakili Madridda bo'lib, futbolchi atrofidagi vaziyatga qiziqishgan. Agarda buni amalga oshirish imkoni tug'ilsa, MYU yozda hujumchini o'z safiga qo'shib olmoqchi. Biroq manbaning xabariga ko'ra, Xoseluning o'zi "Real"da baxtli hamda hech qaerga ketmoqchi emasligi ma'lum qilingan. 

Ma'lumot uchun, ushbu mavsum Xoselu La Liga doirasida 27 ta o'yinda 8 ta gol va 2 ta assist qayd etib turibdi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: El Chiringuito