Qozog'iston klubi mamlakat yuqori elitasidan Birinchi ligasiga tushib ketdi

Оқил Абдубарноев
29 fev 2024, 21:43
Pavlodar viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi "Oqsu" klubi Birinchi ligada qatnashishini tasdiqladi.

O'tgan mavsumda jamoa elit divizionda 14 ishtirokchi orasida so'nggi o'rinni egallagani bois, reglamentga ko'ra, Birinchi ligaga tushib ketgandi. Ammo fevral oyida klubga futbol klublarini licenziyalash qoidalarining minimal talablariga rioya qilmagani va bajarmagani uchun chempionatdan chetlashtirilgan “Maqtaaral” o'rniga qaytish imkoniyati berilgandi.

2023 yilgi mavsum o'yinchilarining ish haqi bo'yicha qarzlari va boshqa moliyaviy qiyinchiliklarda duch kelgan "Oqsu" 2024 yilgi mavsumda Qozog'iston Premer-ligasida ishtirok etishini tasdiqlay olmadi.

Avvalroq Qozog'iston Professional futbol ligasi Pavlodar klubining ilk o'yini 5 mart kuni o'tkazilishini ma'lum qilgandi. Jamoa "Aktobe"ga qarshi maydonga tushishi kerak edi. Ammo endi jadval o'zgaradi.

Sport bo'limining qo'shimcha qilishicha, Pavlodar viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda "Oqsu" Birinchi ligada ishtirok etish uchun 600 million tengega teng shartnoma tuzgan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: pavlodarnews.kz