O'zbekistonlik yana bir futbolchi Qozog'istonda to'p tepadi

Sherzod Nurmatov
16 fev 2024, 16:57
O'tgan yili Indoneziyaning "Sada Sumut" jamoasida o'ynagan hujumchi Shohnazar Norbekov faoliyatini Qozog'istonda davom ettiradi.

29 yoshli o'yinchi "Qaysar" bilan 2024 yilnang 31 dekabriga qadar mo'ljallangan shartnoma tuzdi. Endilikda u OKMKda birga ishlagan sobiq murabbiyi Viktor Kumikov bilan birga faoliyat yuritadi. 



Norbekov faoliyati mobaynida "Metallurg", "Surxon", "Turon", OKMK jamoalarida harakat qilgan.

U O'zbekiston chempionatida 200 ta o'yinda 27 ta gol urishni uddalagan. Transfermarkt portali uni 200 ming evroga baholagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia