"Neftchi" xorijlik hujumchi bilan shartnoma imzoladi

Aslanov Jasurbek
10 fev 2024
Yangi mavsum uchun tarkibni kuchaytirayotgan "Neftchi" navbatdagi transferini e'lon qildi.

Ruminiyalik tajribali hujumchi Mixay Roman "Neftchi" bilan bitim tuzdi. Bu haqda "Neftchi" matbuot xizmati e'lon qildi.

Mixay Roman o'tgan mavsum Ruminiyaning yuqori divizionida ishtirok etgan "Petrorul" sharafini himoya qildi.

"Faoliyati davomida Ruminiya klublaridan tashqari  Niderlandiya  EREDIVIZIE ligasida va Isroil chempionatida to'p surdi. Mixay Roman Ruminiya kubogi sohibi hisoblanadi.

Shu kungacha 300 dan ortiq uchrashuvlarda maydonda harakatlangan futbolchi 69 ta to'p kiritishga muvaffaq bo'lib, 28 ta golga assistentlik qilgan.Bo'yi 188 sm.ga ega bo'lgan  futbolchining tranfermarkt saytidagi narxi 400 000 evroni tashkil etadi" - deyiladi "Neftchi" bayonotida.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: t.me/pfcneftchi_uz