Eshitdik-da! PRO-Ligada sakkizta jamoa bo'ladi

Omonjon To`xtamirzayev
8 fev 2024
Joriy mavsum PRO-Liga bahslarida 8 ta jamoa ishtirok etadi.

Ma'lumotlarga qaraganda, 2024 yilgi mavsumda “Buxoro”, “Qo'qon-1912", “Aral”, “Xorazm”, “Do'stlik-Toshkent”, “Olimpik-Farm”, “Sho'rtan” va “Mashal” Superliga yo'llanmasi uchun kurash olib boradi. Musobaqa 4 davralik bo'lib, jamoalar 28 ta tur o'tkazishadi.

Ma'lumot uchun, Pro ligada dastlabki ikki o'rinni egallagan klub to'g'ridan-to'g'ri Superliga yo'llanmasiga ega chiqadi. 3 va 4-o'rin sohiblarida esa pley-off orqali Superligaga chiqish imkoniyati bo'ladi. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia