"Paxtakor" klubi xodimi: "Futbolchimizning Italiya A seriyasiga o'tayotgani haqidagi xabarlarda asos bor, lekin..."

Narzulla Saydullayev
7 fev 2024
"Paxtakor" klubi xalqaro bo'lim boshlig'i Ravshan Salimov telegramdagi o'z kanalida post qoldirdi.

"Kanallarda Diyor Xolmatovni A seriyaga o'tishi haqida yangiliklar chiqishni boshladi. Aslida bu yangilikni asosi bor. Lekin, hozir Italiyada transfer oynasi yopiqligini inobatga olsak bu ish aniqki yaqin orada amalga oshmaydi. Yana shuni ham etish kerakki bu transferni ortida agentlar emas klubning eng katta rahbari turibti", - deb yozadi "Paxtakor" klubi xodimi Ravshan Salimov telegramdagi o'z kanalida



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia