Turkiyada hakamni kaltaklaganlikda ayblanayotgan "Ankaraguju" sobiq prezidenti ozodlikka chiqdi

Sherzod Nurmatov
28 dek 2023
"Ankaraguju" sobiq prezidenti Faruk Koja sudgacha hibsdan ozod etildi, deb yozmoqda "Fanatik".

Manbaga ko'ra, Koja advokatlarining shikoyati qanoatlantirilganidan keyin qo'yib yuborilgan. Qolgan ayblanuvchilar esa hibsda qolmoqda.

Turkiya Superligasining 15-turidan o'rin olgan "Rizespor"ga (1:1) qarshi o'yindan so'ng Koja hakam Halil Umut Melerga musht tushirdi. Uning xatti-harakatlariga Melerning o'yin davomida chiqargan qarorlari sabab bo'lgan. 

Keyinroq Koja "Ankaraguju" prezidenti lavozimini tark etdi.

12 dekabr kuni Turkiya Futbol Federatsiyasi mamlakatdagi barcha ligalar noma'lum muddatga to'xtatilganini e'lon qildi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'on hakamga qilingan hujumni qoralab, unga tezroq sog'ayib kyetishni tiladi.

15 dekabr kuni Turkiya Futbol Federatsiyasi Kojani umrbod futboldan chetlashtirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Fanatik