

Alaba "Vilyarreal"ga qarshi uchrashuvning birinchi bo'limida jarohat oldi va shifokorlarning yordami bilan maydoni tark etdi. Madridliklarning ma'lum qilishicha, David tizzasining xochsimon bog'lami shikastlangan. Yaqin kunlar ichida avstriyalik himoyachi operaciya qilinadi.
Endi futbolchining tiklanishi uchun kamida 9 oy vaqt kerak bo'ladi. Bu degani 31 yoshli futbolchi uchun mavsum yakunlandi.



