"Bavariya" sardori "Borussiya D"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Sherzod Nurmatov
31 okt 2023, 12:02
Futbolchi diskvalifikaciya qilingan.

"Bavariya" yarim himoyachisi Joshua Kimich Bundesliganing 2 ta o'yiniga diskvalifikaciya qilindi. Bu haqda Germaniya Futbol Ittifoqi sayti xabar berdi.

Futbolchi "Darmshtadt"ga qarshi bahsda maydondan chetlatilgani uchun jazolandi. Nemis futbolchisi o'shanda o'yinning 8-daqiqasida oxirgi chora sifatida qo'pollik ishlatgani uchun qizil kartochka oldi.

Shu tariqa, 28 yoshli xavbek Dortmundning "Borussiya" (4 noyabr) va "Xaydenxaym" (11 noyabr) klublariga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: dfb.de