O'zbekistonda OFKga a'zo assotsiatsiyalar prezidentlari va bosh kotiblarining konferenciyasi o'tkazilmoqda. Unga Infantino ham kelgan

Sherzod Nurmatov
7 okt 2023, 10:45
Toshkent shahrida 7-8 oktyabr kunlari Osiyo Futbol Konfederatsiyasiga a'zo assotsiatsiyalar prezidentlari va bosh kotiblarining konferenciyasi bo'lib o'tmoqda.

Osiyo Futbol Konfederatsiyasiga a'zo 47 ta milliy assotsiatsiya, FIFAga a'zo konfederatsiyalar vakillari qatnashayotgan va mamlakatimizda ilk bor o'tkazilayotgan mazkur konferenciyada FIFA prezidenti Janni Infantino, OFK katta vice-prezidenti Zav Zav va boshqalar ishtirok etmoqda.



O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov konferenciyaning ochilish marosimida so'zga chiqib, uning ishiga muvaffaqiyatlar tiladi.



Sherzod NurmatovMuallif
Manba: t.me/hidoyatov_bsh