Ce Ka-Ving: "O'zbekistonga 0:1 hisobida yutqazish - yaxshi natija"

Оқил Абдубарноев
23 sen 2023
Gongkong Olimpiya terma jamoasi darvozaboni Ce Ka-Ving Osiyo o'yinlari doirasida O'zbekistonga qarshi uchrashuv (0:1)dan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Menimcha, 0:1 hisobidagi mag'lubiyat - maqbul natija. Albatta, durang qayd etsak yoki g'alabaga erishsak, ajoyib ish bo'lardi, biroq O'zbekistonning juda kuchli jamoa ekanligini inobatga olishingiz lozim. Kechagi o'yinda o'z mehnatini ayamagan jamoadoshlarim bilan faxrlanaman", dedi gongkongliklar posboni.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: i-cable