JCH-2026 saralashi. Argentina Messining goli evaziga Ekvadordan ustun keldi va boshqa o'yinlar natijalari

Aziz Tukhtamuradov
8 sen 2023
Janubiy Amerikada JCH-2026 uchun saralash bahslari boshlandi.

Amaldagi jahon chempionlari Argentina terma jamoasi saralashning ilk turida Ekvadorga qarshi o'yin o'tkazdi va Messining goli evaziga uch ochkoga ega bo'ldi. 

Shuningdek, tur doirasida Paragvay va Peru 0:0 hisobida durang qayd etdi. Kolumbiya esa Venesuelani 1:0 hisobida mag'lub etdi.

JCH-2026 saralashi

Janubiy Amerika

1-tur

Paragvay – Peru 0:0 

Paragvay – Karlos, Roxas (Piris, 78), Gomes, Balbuena, Riveros, Kubas, Vilyasanti, Gomes (Romero, 66), Almiron, Sosa (Roxas, 88), Avalos (Gonsales, 78).

Peru – Galese, Advinkula, Arauxo (Korso, 46), Abram, Trauko (Kastilo, 71), Yotun, Karrilo (Lopes, 46), Tapiya, Polo (Askues, 90), Gonsales (Kartaxena, 46), Gerrero.

Ogohlantirishlar: Advinkula (15), Arauxo (26).

Chetlatish: Advinkula (45).


Kolumbiya – Venesuela 1:0 

Gol: 1:0 – 46 Borre.

Kolumbiya – Vargas, Munos, Mina, Lukumi, Machado, Uribe (Barrios, 85), Lerma, Aryas (Xames, 75), Kuadrado (Karraskal, 46), Dias (Sinisterra, 88), Borre (Duran, 75).

Venesuela – Romo, Gonsales, Anxel, Osorio, del Pino Mago (Rosales, 78), Rinkon, Martines, Errera (Martines, 59), Machis (Otero, 82), Savarino (Soteldo, 59), Rondon (Markes, 78).

Ogohlantirishlar: Gonsales (33).


Argentina – Ekvador 1:0 

Gol: 1:0 – 78 Messi.

Argentina – Martines, Molina, Otamendi, Romero, Talyafiko, De Pol, Mak Allister (Paredes, 77), Fernandes, Gonsales (Di Mariya, 62), Messi (Palasios, 89), Martines (Alvares, 77).

Ekvador – Galindes, Urtado (Presiado, 81), Arboleda, Torres (Mena, 81), Pacho, Estupinyan, Grueso, Sifuentes (Ortis, 68), Kaysedo, Plata (Rodriges, 67), Valensiya.

Ogohlantirishlar: Sifuentes (61), Paredes (82).


Tur doirasida ertaga shuningdek Urugvay - Chili, Braziliya - Boliviya uchrashuvlari o'tkaziladi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia