Murodjon Toshmatov endi "temiryo'lchi" emas

Omonjon To`xtamirzayev
21 iyul 2023, 10:19
Shunaqasi ham bo'lar ekan.

O'tgan 4 yarim mavsumni OKMK tarkibida o'tkazgan Murodjon Toshmatov 14 iyul kuni "temiryo'lchilar" bilan shartnoma imzolagani rasman e'lon qilingandi. Biroq yarim himoyachi toshkentliklar bilan shartnomasini bekor qilgan. Bizdagi ma'lumotlarga ko'ra, yarim himoyachi katta ehtimol bilan "Dinamo" safiga borib qo'shiladi. 


O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia