Axbor Imomxo'jaev xotira turniri. Jamoalar tarkibi e'lon qilindi

Sherzod Nurmatov
1 iyul 2023
"Paxtakor" faxriylari yulduzli tarkibga ega.

3-6 iyul kunlari o'zbek sporti jurnalistikasining asoschisi Axbor Imomxo'jaev xotirasiga bag'ishlangan futbol turniri bo'lib o'tadi. 

Axbor Imomxo'jaev xotira turnirida avval xabar berilganidek 8 ta jamoa ishtirok etadi: "Paxtakor" (faxriylar), "Tong" (faxriylar), O'FA (faxriylar), "Jurnalist" (faxriylar), shuningdek, Championat.asia, Sports.uz, "Sharhlovchi", "Sulola".

Xotira turnirida o'z vaqtida "Paxtakor" sharafini himoya qilgan yulduzlardan Mirjalol Qosimov, Baxtiyor Ashurmatov, Murod Aliev, Akmal Xolmatov, Azamat Abduraimov, Sobir Xodiev, Shuhrat Rahmonqulov, Saydullo Tursunov kabilar to'p tepadi.

Quyida jamoalar tarkibi bilan tanishing.


Uchrashuvlar taqvimi

Musobaqa nizomiga ko'ra, faxriy jamoalar alohida, qolgan to'rt jamoa alohida dastlabki uch kun davomida o'zaro maydonga tushadi. Musobaqaning so'nggi kunida esa guruhlardagi jamoalar o'zaro o'rinlar uchun saf tortadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia