LLF 1-LIGAda taqdirlash marosimi o'tkazildi

Xayrulla Xoliqov
21 iyun 2023
8 yanvar kuni start olgan futzal bo'yicha havaskorlar o'rtasida LLF 1-LIGA chempionati o'z nihoyasiga etdi.

 22-turdan o'rin olgan uchrashuvlar bo'lib o'tgach, Toshkent Moliya institut sport zalida taqdirlash marosimi tashkil etildi. Marosimda dastlab 5ta nominaciya bo'yicha individual sovrin egalari taqdirlandi. 


Eng yaxshi yosh o'yinchi - Agzamov Erkin (ERMAK)

Eng yaxshi assistent - Isoqov Bekzod (ALOQABANK)

Eng yaxshi to'purar - Isroilov Abbos (ALFRAGANUS)

Eng yaxshi darvozabon - Koxanniy Vyacheslav (T-SPARTAK)

Mavsumning eng yaxshi futzalchisi - Kulnazarov Farrux (DINAMO88)


Taqdirlash marosimida LLF SUPER LIGA yulduzlari - Eng yaxshi darvozabon Bekzod Amanullaev hamda Eng yaxshi futzalchi Azamat Boymatovning ishtiroki zalga yig'ilganlarni xushnud etdi. Shundan so'ng chempionatda 3-o'rinni qo'lga kiritgan PROGRESS jamoasiga bronza medallar topshirilgan bo'lsa, ikkinchi o'rin sohibi DINAMO88 futzalchilariga kumush medallar taqdim etildi.


Va tadbirning yakuniy qismida chempion jamoa - ERMAK futzalchilariga bosh sovrin kubok hamda oltin medallar topshirildi. Chempionlarga kubokni Azamat Boymatov topshirdi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia