

Futbolchilik faoliyati davomida Mesut 645 ta uchrashuvda maydonga tushgan, 114 ta gol urib, 222 ta golli uzatma etkazib bergan.
O'zil 2014 yil Germaniya terma jamoasi tarkibida jahon chempioni bo'lgan. Shuningdek, u "Real" bilan birga La Liga, Ispaniya kubogi va superkubogida g'alaba qozongan, "Arsenal" safida esa uch marta Angliya kubogi va bir marta superkubogini qo'lga kiritgan.
U "Shalke", "Verder", "Real", "Arsenal", "Fenerbaxche" kabi jamoalar safida to'p tepgan. Yarim himoyachining oxirgi klubi Turkiyaning "Istanbul Bashakshexir" klubi edi.



