"Andijon" o'rtoqlik bahsida "Navbahor"ni yirik hisobda taslim qildi

Sherzod Nurmatov
25 fev 2023
Bugun "Andijon" hamda "Navbahor" o'rtasida nazorat bahsi o'tkazildi.

Qiziqarli va hujumkor ruhda o'tgan bahsda "Andijon" Samvel Babayan boshqaruvidagi "Navbahor" darvozasiga javobsiz 4 ta to'p kiritdi.

Ma'lumotlarga qaraganda, namanganliklarning asosiy tarkib a'zolaridan bir nechtasi mazkur uchrashuvda harakat qilgan.

"Andijon" bugun ikkinchi o'yinini "Turon"ga qarshi o'tkazsa, "Navbahor" "Xo'jand" bilan bellashadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Андижон" матбуот хизмати