

34 yoshli posbon bilan yangi kelishuv 2024 yilga qadar davom etadi. Kosta-rikalik darvozabon 2019 yilda "Real"dan Parij jamoasiga o'tgandi. Shu vaqtdan buyon u jamoasi tarkibida 72 o'yinda qatnashib, shularning 34tasida gol o'tkazib yubormadi.
PSJ bilan u Fransiya chempioni, mamlakat Kubogi va Liga Kubogi sovrinlarini qo'lga kiritdi.



