2006 yilda tug'ilgan futbolchi "Lokomotiv" bilan professional shartnomasini imzoladi

Mirjalol Normatov
19 yanv 2023, 19:41
2006 yilda tug'ilgan yosh futbolchi Lazizbek Mirzaev "Lokomotiv" bilan professional shartnoma imzoladi.

"Futbolchi o'tgan mavsum "Metallurg"ga qarshi bahsda Coca Cola Superligada debyutini amalga oshirgandi. U-21 chempionatida esa 5 o'yinda qatnashib, 3 gol urdi.

Lazizbek Mirzaev "Odil Ahmedov futbol akademiyasi"dan jamoamiz safiga kelib qo'shilgandi. Shu boisdan akademiya rahbariyatiga o'zbek futboli rivoji yo'lida xormay-tolmay mehnat qilaverishlarini tilab qolamiz!

Barcha futbol muxlislarining yoqimtoyiga aylangan O'zbekiston o'smirlar termasi sardori Lazizbekka jamoamiz tarkibidagi faoliyatida ulkan yutuqlar tilab qolamiz!", - deb yoziladi klub bayonotida.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати