"Barselona" Gedeshni "bo'rilar"dan ijaraga olishi mumkin. Xavi "Valensiya" sobiq xavbeki bilan gaplashdi

Sherzod Nurmatov
19 yanv 2023, 15:39
Yarim himoyachi Gonsalu Gedesh transfyerdan 6 oy o'tib "Vulverxempton"ni tark etishi mumkin.

"AS" nashri xabariga ko'ra, "Barselona" futbolchini sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

"Ko'k-anorranglilar" bosh murabbiyi Xavining takidlashicha, klub "Atletiko"ga o'tayotgan Memfis Depayning o'rniga imkon qadar tezroq munosib futbolchi topishi kerak. 42 yoshli mutaxassis allaqachon Gedesh bilan gaplashgan va uni "Barselona" loyihasi istiqboliga ishontirgan. "Valensiya" sobiq xavbekining o'zi ham transferga qiziqib qolgan.

Kataloniyaliklar moliyaviy cheklovlar tufayli portugaliyalikni sotib olish huquqi bilan olti oyga ijara olmoqchi. Ular agent Jorje Mendesh muzokaralarda muhim rol o'ynashiga umid qilmoqda.

Gedesh joriy mavsum APLda 13 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS