Eshitdik-da! Azizbek Haydarov "Bunyodkor"dan ketdi

Sherzod Nurmatov
12 yanv 2023
Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko'ra, "Bunyodkor" bosh direktori Azizbek Haydarov ishdan olingan.

Uning o'rniga vaqtincha bosh direktor vazifasini bajaruvchi etib Sherzod Haqberdiev tayinlandi. Sherzod Haqberdiev bungacha "Bunyodkor" stadioni direktori bo'lib ishlab kelayotgan edi.

Bu vaziyatga oydinlik kiritish uchun "Bunyodkor" matbuot xizmati bilan bog'landik. 

"Bugun klub yig'ilishi bo'ldi, lekin hech qanday o'zgarish bo'lgani yo'q. Hammasi joyida", – deb javob berdi "Bunyodkor" klubi matbuot xizmati.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia