

"Record" xabariga ko'ra, London klubi 21 yoshli yarim himoyachi uchun 130 mln evro taklif qildi.
"Chelsi" qishda shartnomani yopmoqchi. "Benfika" prezidenti Ruy Koshta Enco bilan suhbatdan so'ng uning qolishiga ishonmoqda.
Argentinalik futbolchi joriy mavsum "Benfika" safida barcha musobaqalarda 24 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



