"Nasaf" "Buxoro"ga qarshi dastlabki nazorat uchrashuvida yirik g'alabani tantana qildi

Sherzod Nurmatov
28 dek 2022
Qarshining "Nasaf" klubi Buxoroning "Buxoro" jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etdi.

Bugungi uchrashuvda jamoalar ikki xil tarkibda umumiy ikkita to'liq o'yin o'tkazishadi. Birinchi bahs soat 12:00 da start olsa, ikkinchi bahs soat 14:00 da boshlanadi. Mazkur uchrashuvlar "Nasaf" jamoasi qarorgohi maydonida bo'lib o'tadi. 

Jamoalar o'rtasidagi ilk uchrashuv start olmoqda.

1. O'yin boshlandi!

14. Rustam Abduhamidov hisobni ochdi – 0:1! 

19. Oybek Bozorov muvozanatni tikladi – 1:1! 

26. Bahrom Abdurahimov "Nasaf"ni hisobda oldinga olib chiqdi – 2:1!

55. Burchakdan o'yinga kiritib berilgan to'pni Husniddin Aliqulov boshi bilan darvozaga kiritdi 3:1!

58. G'olib G'aybullaev bosh bilan gol urib, hisobni yiriklashtirdi – 4:1!

65. Husniddin Aliqulov dublni rasmiylashtirdi – 5:1!

90. Uchrashuv nihoyasiga etdi!

YANGILASH

"Nasaf" – "Buxoro" 5:1 

12.00, "Nasaf" qarorgohi maydoni

Gol: Oybek Bozorov 19', Bahrom Abdurahimov 26', G'olib G'aybullaev 58', Husniddin Aliqulov 55', 65' – Rustam Abduhamidov 14'

"Nasaf": 35.Abduvohid Ne'matov (Azamat Soyibov), 4.Husniddin Aliqulov, 5.G'olib G'aybullaev (Murodbek Rahmatov), 10.Husayn Norchaev, 18.Bahrom Abdurahimov (Abubakr Rizo Turdialiev), 19.Mateus Lima Kruz, 22.Akmal Mozgovoy, 23.Sardor Sadullaev (Jo'rabek Mannonov), 34.Sherzod Nasrullaev, 77.Oybek Bozorov, 92.Umarbek Eshmurodov (Alibek Davronov)

"Buxoro": Sardor Qobuljonov, Obid Jo'raboev, Abbos Otaxonov, Mirjalol Jumaev, Jamoliddin Ubaydullaev, Jasur Azimov, Siroj Meliev, Fayzullobek Jumanqo'ziev, Rustam Abduhamidov, Humoyumirzo Iminov, Temur Usmanov



Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia