O'zbekiston U-17 terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi ilk o'rtoqlik o'yinida mag'lub bo'ldi

Sherzod Nurmatov
26 dek 2022
Jiddada yig'in o'tkazayotgan Jamoliddin Rahmatullaev shogirdlari Saudiya Arabistoniga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdi.

Uchrashuvning birinchi bo'limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo'limning 68-daqiqasida Albishri Navaf saudiyalklarni hisobda oldinga olib chiqqan bo'lsa, oradan 9 daqiqa o'tar-o'tmas Aljanahi Navaf farqni oshirdi. O'zbekiston terma jamoasi tarkibida esa Lazizbek Mirzaev 82-daqiqada bitta gol bilan javob qaytardi. Shu tariqa, uchrashuv 2:1 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, Jamoliddin Rahmatullaev shogirdlari 29 dekabr kuni saudiyaliklarga qarshi ikkinchi bor maydonga chiqishadi.

Saudiya Arabistoni U-17 -  O'zbekiston U-17 2:1

18:50. "Shahzoda Abdulloh Al Faysal" stadioni. Jidda

Gollar: Albishri Navaf 68', Aljanahi Navaf 77', Lazizbek Mirzaev 82'.

O'zbekiston U-17 termasi: 21.Muhammadyusuf Sobirov, 5.Sardor Mirqobilov, 6.Ozodbek O'ktamov, 7.Lazizbek Mirzaev, 8.Behruz Shukurullaev, 9.Amirbek Saidov, 13.Behruz Jumatov, 14.Shodiyor Shodiboev, 15.Abdulhamid Ikromov, 18.Davronbek Usmonov, 23.Dilshod Abdullaev



Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати