Shomurodov “otmen”. “Bolonya” rasman boshqa hujumchini sotib oldi

Eldor Akmurzayev
31 avg 2022
“Bavariya” forvardi Joshua Zirkzee faoliyatini A Seriyada davom ettiradi.

“Bolonya” futbolchini 8 mln evroga sotib oldi va 2026 yil yozigacha shartnoma imzoladi. Myunxenliklar 21 yoshli niderlandiyalikni qayta sotib olish huquqini qo'lga kiritdi va uning keyingi sotuvidan 50 foiz gonorarga ega bo'ladi.

Bo'ydor hujumchi “Parma” va “Anderlext”da ijarada o'ynagan. Avvalroq, “Bolonya” “Roma”dan Eldor Shomurodovni sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchiligi xabar qilingandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/BolognaFC1909en