"Nottingem Forest" "Atletiko" futbolchisini 30 mln evroga xarid qilish huquqi bilan ijaraga oldi

Alisher
29 avg 2022
"Nottingem Forest" "Atletiko" himoyachisi Renan Lodining 2022/23 yilgi mavsum so'nggiga qadar ijarasini e'lon qildi.

Bitim narxi 5 million evroni tashkil etadi.

Kelishuvda 24 yoshli braziliyalik futbolchini 30 million evroga xarid qilish borasida band bor.

Lodi 2019 yildan beri "Atletiko"da o'ynaydi. Futbolchi o'tgan mavsum 42ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 5ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NFFC