Ronaldu ketma-ket to'rtinchi kuni MYU mashg'ulotlarini o'tkazib yubordi. Klub ertaga mavsumoldi turga yo'l oladi

Alisher
7 iyul 2022
Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted"ning navbatdagi mashg'ulotini o'tkazib yubordi.

37 yoshli hujumchi bugungi mashg'ulotda ham ko'rinish bermadi.

Shunday ekan, Ronaldu MYU mashg'ulotlarini ketma-ket to'rtinchi kuni o'tkazib yubordi. U dushanba kuni o'tgan mavsumning so'nggida terma jamoalarga yo'l olgan o'yinchilar bilan birga mashg'ulotlarga qaytishi kerak edi.

Klub ertaga Avstraliya va Tailand bo'ylab turga yo'l oladi.


AlisherMuallif
Manba: manchestereveningnews.co.uk