Eshitdik-da! Superligada navbatdagi iste'fo

Mirjalol Normatov
3 iyul 2022
"Qo'qon-1912" murabbiylar shtabida o'zgarishlar yuzaga kelishi kutilmoqda.

Bizga yetib kelgan ma'lumotlarga qaraganda klub rahbariyati 2019 yildan buyon jamoani boshqarib kelayotgan Baxtiyor Ashurmatovni iste'foga chiqarishi kutilmoqda.

Jamoani ikkinchi davrada yordamchi murabbiy Davron Fayziev boshqarishi kutilmoqda.

"Qo'qon-1912" birinchi davrada 3 g'alaba, 3 durang va 7 mag'lubiyat qayd etib, turnir jadvalida 12-o'rinda qayd etilgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia