Hojimat Erkinov Rossiya klubiga o'tmoqda

Narzulla Saydullayev
1 iyul 2022
"Paxtakor" klubi yarim himoyachisi legionerga aylanmoqda.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, "Paxtakor" klubi Hojimat Erkinovni Moskvaning "Torpedo" klubiga transfer qilmoqda.

"Torpedo" o'tgan mavsum birinchi divizionda qatnashib, birinchi o'rinnni egalladi va yangi mavsum Rossiya premer-ligasida ishtirok etadi.

Ayni paytda "Torpedo"ni tajribali murabbiy Aleksandr Borodyuk boshqarmoqda.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia