Rasman: "Arsenal" Markinosni o'z tarkibiga qo'shib olganini ma'lum qildi

Оқил Абдубарноев
13 iyun 2022
Londonning "Arsenal" klubi "San-Paulu" hujumchisi Markinos transferini e'lon qildi.

19 yoshli braziliyalik futbolchi joriy mavsumda 15 o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi hamda 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Avvalroq London klubi Markinos uchun taxminan 5 million evro to'lashi haqida xabar berilgandi.

Eslatib o'tamiz, o'ng qanot vingeri "San-Paulu" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: arsenal.com