"Real Sosedad" Yanuzay va Monreal bilan shartnomani uzaytirmaydi

Alisher
23 may 2022, 17:38
"Real Sosedad" Adnan Yanuzay va Nacho Monreal bilan shartnoma uzaytirilmasligini e'lon qildi.

"Real Sosedad" Adnan Yanuzay va Nacho Monrealga biz bilan bo'lgan vaqtidagi fidoyiliklari va say-harakatlari uchun minnatdorchilik bildiradi va ularga shaxsiy va professional kelajaklarida barcha yaxshi tilaklarni bildirib qoladi", - deyiladi klub xabarida.

Yanuzay 2021/22 yilgi mavsum jamoa tarkibida 44ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 3ta assist qayd etdi.

Monreal esa o'tgan mavsumda samarali harakat amalga oshirmadi.


AlisherMuallif
Manba: realsociedad.eus