"Liverpul" "Fulxem" vingeri Fabio Karvalo bilan shartnoma imzoladi

Alisher
23 may 2022
"Liverpul" "Fulxem" hujumkor yarim himoyachisi Fabio Karvalo bilan shartnoma imzolanganini e'lon qildi.

19 yoshli futbolchi 1 iyul kuni mersisaydliklar safiga qo'shiladi.

OAVda xabar berilishicha, transfer narxi 8 million funt atrofidagi mablag'ni tashkil etgan.

Karvalo "Fulxem" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, u 2014 yildan beri jamoada o'ynaydi.


AlisherMuallif
Manba: liverpoolfc.com