"Billur" Azar 5 haftaga safdan chiqdi

Mirjalol Normatov
25 mar 2022, 22:27
Eden Azar tibbiy sabablar tufayli "Real"ning yaqin vaqtlardagi o'yinlarida qatnashmaydi.

Belgiyalik futbolchi yaqin vaqtlar ichida operaciya qilinadi va undagi o'ng oyog'i jimjilog'iga qo'yilgan plastina olib tashlanadi. "COPE" nashrining yozishicha yarim himoyachi 5 haftani o'tkazib yuboradi.

Ushbu mavsumda Azar LaLigada 17 o'yinda qatnashib, 1 golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: COPE