Eshitdik-da! "Paxtakor" Xyuistra o'rniga boshqa yevropalik murabbiy bilan shartnoma imzoladi

Xayrulla Xoliqov
7 yanv 2022, 22:07
Garchi "Paxtakor" klubi rasman e'lon qilmagan bo'lsa-da, jamoa bosh murabbiyi Piter Xyuistra iste'foga chiqqani quloqqa chalindi.

Yangi murabbiy kim deysizmi? U ham yevropalik, aniqrog'i Shimoliy Makedoniyadan. Bu murabbiyning ism-sharifi Slavche Voyneski, 1974 yil 28 aprelda tug'ilgan. 

Slavche Voyneski UEFA PRO licenziyasiga ega (2009-2010 yillarda licenziyani qo'lga kiritgan). O'z vaqtida Makedoniya futbol akademiyasini tamomlagan. 

Murabbiylik faoliyati davomida Turkiyaning "Elazigspor", "Genchlerbirligi", "Gaziantepspor" hamda "Chaykur Rizespor" klublarida ishlagan. Oxirgi ish joyi 2019 yilning iyulidan 2020 yilning yanvariga qadar Slovakiyaning "SKF Sered" klubi bo'lgan. 

Bizga ma'lum bo'lishicha, "Paxtakor" ushbu murabbiy bilan bir yiliik shartnoma imzoladi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia