

Eronning "Persepolis" va "Istiqlol" klublari licenziyadan mosuvo bo'lishdi, Iroq va Livan davlatlari pley-offdagi o'z o'rnidan ayrildi.
Shunday qilib "Nasaf"ning raqibi bo'lishi kutilgan Qatarning "Al Garafa" klubi guruh bosqichiga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma oldi.
"Nasaf" pley-off bosqichida 15 mart kuni safarda BAAning "Baniyas" klubiga qarshi o'ynaydi. Ushbu bahs g'olibi guruh bosqichiga chiqadi", - deb yozadi Alisher Nikimbaev telegramdagi o'z kanalida.
Ma'lumot uchun, "Nasaf" OCHL guruh bosqichiga chiqa olsa Jizzaxning "So'g'diyona" klubi OFK kubogi guruh bosqichida qatnashadi.



