Eshitdik-da! Lutfulla To'raev "Bunyodkor"ni tark etdi

Iskandarov Abdulaziz
4 yanv 2022
Saytimiz muxbiri Abdulaziz Iskandarovga ma'lum bo'lishicha, "Bunyodkor"da futbolchilarning kyetishi davom etmoqda.

Bunga qadar Nurillo To'xtasinov, Sanjar Rashidov, Mirjahon Mirahmadov, Abdulla Abdullaev, Xurshid G'iyosov jamoani tark etgan edi. Endigi navbat Lutfulla To'raevga. Yarim himoyachining klub bilan shartnomasi bo'lsada, ikkala tomon o'zaro kelishuvni bekor qilgan. Lutfulla To'raev endilikda erkin agent sifatida yangi jamoa qidirmoqda. Ma'lumotlarga qaraganda, futbolchi "Neftchi" bilan og'zaki kelishuvga erishgan.

Yaqin orada transfer rasman e'lon qilinishi kutilmoqda


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia