

Odatda bunday pallada aksariyat klublar o'z qarorgohlarida to'planishadi. Tarkib aniq bo'lib ulgurgach esa yanvar oyi oxirlari, fevral oyi boshlarida xorij yig'iniga otlanishadi. Xo'sh, bu borada kimda qanday reja? Barchasi quyidagi jadvalda keltirilgan
Klub nomi | Yig'in sanasi va joyi |
Paxtakor | 05.01- 04.02 Toshkent 05.02 – 20.02 Antalya |
So'g'diyona | 04.01 – Toshkent |
AGMK | 03.01 – Toshkent. Xorij yig'ini rejada bor. |
Nasaf | 3.01 – Qarshi |
Bunyodkor | 05.01 – Toshkent |
Navbahor | 06.01 20.01 – Antalya |
Lokomotiv | 10.01 - Toshkent |
Qo'qon-1912 | 04.01 09.01 - Qo'qon 11.01 21.01 - Toshkent 25.01 05.02 - Farg'ona 09.02 19.02 - Toshkent 22.02 01.03 - Qo'qon |
Qizilqum | 07.01 – Navoiy. Xorij yig'ini rejada bor |
Surxon | Aniq emas |
Metallurg | 11.01 19.01 – Bekobod 20.01 01.02 – Toshkent 03.02 18.02 - Antalya |
Dinamo | 05.01 - Samarqand |
Olimpik | 04.01 – Toshkent 03.02 – Turkiya |
Neftchi | 06.01 17.01 – Toshkent 20.01 10.02 – Antalya Uchinchi bosqich Farg'ona |
Yuqoridagi ma'lumotlarga tayanib aytadigan bo'lsak, 7ta klub yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonida xorijda yig'in o'tkazadi. Qolgan klublar esa o'z imkoniyatlaridan kelib chiqib Toshkentda yoki o'z qarorgohlarida mashg'ulotlarni olib borishadi. O'tgan yili ham deyarli xuddi shu jamoalar chet elda taraddud ko'rgan. Bu mavsum avvalidan Superligaga chiqqan "Neftchi" ular orasiga qo'shildi. Poytaxtning ikki klubi "Bunyodkor" va "Lokomotiv" o'z qarorgohida tayyorgarlikni olib boradi.
Balki rejalarga o'zgartirish kiritilib xorijga chiqadigan jamoalar soni yana ko'payishi ehtimoli ham mavjud. Buni esa vaqt ko'rsatadi.
Abdulaziz Iskandarov



