Jaloliddin Masharipov va Odil Hamrobekov terma jamoa mashg'ulotlarida qatnashmadi

Aslanov Jasurbek
11 okt 2021
O'zbekistonning ikki yetakchi futbolchisi terma jamoaning navbatdagi mashg'ulotida ishtirok etishmadi.

Osiyo Chempionlar ligasida qatnashayotgan "Al-Nassr" klubi 16 oktyabr kuni chorak final uchrashuvini o'tkazadi. Jaloliddin Masharipov ushbu bahsga tayyorgarlik ko'rish uchun klubining iltimosiga ko'ra, terma jamoa ixtiyorini tark etdi. 

Jamoaning yana bir a'zosi Odil Hamrobekov eski jarohati bezovta qilayotganligi sabab umumiy guruhdan ajratilgan holda yakka tartibda mashg'ulot olib bormoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ufa.uz