Superliga. "Paxtakor" deyarli 4 yildan so'ng bitta o'yinda 4ta gol o'tkazdi

Narzulla Saydullayev
1 okt 2021
Superliganing 21-turida "Qo'qon-1912" o'z maydonida "Paxtakor"ni mag'lub etdi.

Qo'qonliklar amaldagi chempionni 4:2 hisobida mag'lub etishdi. Shu tariqa "Paxtakor" O'zbekiston chempionatida 3 yil 10 oy va 12 kundan so'ng (1412 kun) bitta o'yinda 4ta gol o'tkazib yubordi. 

2017 yil 19 noyabr sanasida "sherlar" Qarshida "Nasaf"ga 0:4 hisobida yutqazib qo'yishgandi. 




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia