O'zPFL ilk bor Pro liga va ayollar jamoalarini licenziyalashdan o'tkazishga erishdi

Narzulla Saydullayev
28 sen 2021, 11:38
Osiyo futbol konfederatsiyasi talabi asosida Superliga klublari licenziyalash jarayonidan o'tishi sizga ma'lum.

Bunda xalqaro maydonda o'ynash imkoniyati kam bo'lgan klublar ilgari licenziyalash masalasiga jiddiy e'tibor qaratmagan. 

O'zPFL rahbariyatida o'zgarish yuzaga kelgach, yangi tarkib ilk ishni aynan shu jarayonga e'tibor qaratishdan boshladi. Va biz endilikda nafaqat Superliga, balki Pro liga klublarini ham licenziyalashdan o'tkazishga erishdik. Yani, bugunga kelib Superliga va Pro liga klublariga qo'yiladigan talablar o'rtasidagi katta tofovut bosqichma-bosqich qisqartirilmoqda. Bu kelajakda Pro liga orqali Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritgan klublar talablar borasida katta muammolar qarshisidan chiqishining oldini oladi. 

Quvonarli jihati shundaki, joriy yil hisobidan OFK licenziyasini olish uchun nafaqat Coca-Cola Superliga jamoalari, balki bir nechta Pro liga klublari ham jiddiy da'vogar bo'lib turibdi. Sodda qilib tushuntirganda, O'zPFL so'nggi bir yil davomida nafaqat klublarga talab qo'ydi, balki ularning ijrosi masalasida klublar bilan hamkorlik qildi. Buning natijasida O'zbekiston tarixida ilk bor quyi liga klublari ham OFK tomonidan qo'yilgan minimal talablarga javob berish arafasida turibdi.  

OFK, shuningdek, bu yildan e'tiboran ayollar jamoalarini rivojlantirish masalasiga ahamiyat bermoqda. Xususan ayollar jamoalari sinov tariqasida ilk bor licenziyalash jarayonidan o'tkazildi va O'zbekiston kam sonli a'zo mamlakatlar qatorida ayollar klublarini ham licenziyalashga jalb etdi. 2022 yildan e'tiboran bu jarayon barcha a'zo mamlakatlar uchun majburiy bo'ladi. 2023 yildan boshlab esa ayollar jamoalari ishtirokida to'laqonli Osiyo Chempionlar ligasi tashkil etish rejaga kiritilgan. Oldinga o'tib shuni aytish kerakki, joriy mavsum hisobidan kamida 2 ta ayollar jamoamiz OFK licenziyasini qo'lga kiritishi mumkin. Bu esa qita miqyosida O'zbekiston imidjiga ijobiy ta’sir ko'rsatadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz